Hozir yashab turganiga shukr qilayotgan yigit
Tirikchilik g‘amida musofirchilikning qattiq nonini yeb yurgan Ozodbek ayni kuchga to‘lgan 29 yoshida qon saratoni xastaligi iskanjasiga oldi. Xorijda ishlab kelib oilasini tebratayotgan yigit hozir davolanish bosqichlarini boshdan kechirmoqda. Endi uning dori-darmonlari va uch farzandining ta'minoti Rossiyada ishlayotgan otasining zimmasida. Ammo uning yuborgani katta oila uchun yetmaydi. Bemorga esa muttasil parvarish va davolanish lozimligi ularni yaxshilar ko‘magiga muhtoj qilib qo‘ydi.
Ozodbek Namozovga oid ma'lumotlar:
O‘zkard: 8600 0417 0715 7005 qarindoshi Abdunazar Nabiyev nomida
Sberbank: 4276 5210 1998 6318 qarindoshi Muhriddin Saidov nomida
Viza: 4187 8000 0075 2295 qarindoshi Abdunazar Nabiyev nomida
Telefon: +998915535246 (bemor)
Men ular uchun 7 yil xorijda ishladim, lekin bolam kasal bo‘lgan ekan
Ikki farzand tarbiyasini yolg‘iz zimmasiga olgan ona uy-joy tashvishida yaxshi niyatlar bilan ko‘p yil xorijda ishlab qaytganda kutilmagan qayg‘uga duch keldi. Hayotini sport bilan bog‘lash harakatida yurgan ko‘z qorachig‘i oqqonga chalingani ma'lum bo‘ldi. Nigora opa hozir o‘g‘lining yonida dard bilan olishmoqda. Shuning uchun oilada hech kim ishlamaydi, butun oila Saidolim uchun davlat tomonidan beriladigan nafaqaga kun kechirishadi. Farzandining kelajagidan umidvor onaga moddiy ko‘mak zarur.
Saidolim Hamdamovga oid ma'lumotlar:
O‘zkard: 8600 0604 7491 2665 onasi Nigora Saidqosimova nomida
Sberbank: 4276 4000 4399 2479 qarindoshi Ilhom Hayitqulov nomida
Telefon: +998998281052 (onasi)
Onam shu kasaldan vafot etdi, endi bolam oqqon
Bundan bir necha yil muqaddam Dilfuzaning onasi oqqon xastaligiga chalinib dunyodan o‘tgan. Bu dardning dahshatini hali unutmay turib, uning ikkinchi zarbasiga duch kelgan ayol bolasi uchun madad qidiradi. “Shifokorlarga ming rahmat. Kelganimizda bolam yurolmasdi, hozir o‘z oyog‘i bilan yuradi. Lekin ko‘p narsa chegaralangan, juda qiynalyapti hozir. Turmush o‘rtog‘im qora ishchi, vaqti kelsa pul yetkazolmay qiynaladi” deydi ona.
Akbarjon Shukurullayevga oid ma'lumotlar:
O‘zkard: 8600 0210 8820 0533 onasi Dilfuza Abdiyeva nomida
Sberbank: 5469 4000 5038 0885 qarindoshi Sharofiddin Isomiddinov nomida
Telefon: +998901808285 (onasi)
Uch bolam uch joyda sarson qoldi
Yorqinoy uch nafar farzandning onasi. Taqdir yozig‘i bilan bir farzandining tobi qochib falaj bo‘lib qolgan. Onasi Shohida opaning aytishicha, bunga qattiq siqilish uni kasallikka yetaklagan.
“29 yoshimgacha biror marta sog‘ligimdan muammo bo‘lmagan, uch farzandni o‘zim dunyoga keltirganman. Uch bolam uch joyda sarson, kichkinam meni tanimaydi. O‘rtancham kasal, uniyam davolatyapmiz. Shu bolam tuzalib ketsa bo‘ldi men uchun” deya farzandi uchun kuyinadi bemor ona.
Yorqinoy Yoqubovaga oid ma'lumotlar:
O‘zkard: 8600 0417 6081 7107 onasi Shohida Rasulova nomida
Humo:9860 0303 7369 0970 Yorqinoy Yoqubova nomida
Telefon: +998913272151 (onasi)
Bu bemorlar nafaqat o‘zlari uchun, balki bolalari va ularga ko‘z tikkan ota-onalari uchun ham tuzalishga harakat qilishadi. Harakat qilgan, intilgan, umidni uzmaganga albatta natija beriladi. Shunday ekan ularni quvvatlaylik. Toki biror farzand ota-onasidan ayrilib yetim bo‘lmasin, toki biror ota-ona farzandidan ayrilib bo‘zlamasin.
Gulmira Toshniyozova, Kun.uz muxbiri
Tasvirchi Sherzod Egamberdiyev