Termiz tumanida 50 sotix yerni o‘ziga tegishli ekanligiga ishontirib, 150 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik bilan yer sotayotgan N.Q. ushlangan. Qayd etilishicha, fuqaro N.Q. firibgarlik yo‘li bilan, fuqaro O.ni «Yangiobod» MFYda joylashgan 50 sotix yer maydoni o‘ziga tegishli ekanligiga ishontirgan. So‘ng, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 150 million so‘mga sotishga kelishib, shundan 84 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.