Hujjatlar 2021 yilning 1 iyulidan 30 iyulga qadar onlayn tarzda www.qabul.kokanduni.uz veb sahifasi orqali qabul qilinadi.
Universitetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
- Iqtisodiyot;
- Moliya;
- Menejment;
- Tadbirkorlik;
- Mehmonxona va turizmni boshqarish;
- Maktabgacha ta’lim;
- Boshlang‘ich ta’lim;
- Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
- Psixologiya;
- Kompyuter injiniringi.
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda sirtqi-masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarga hujjatlar qabul qilinadi:
- Maktabgacha ta’lim;
- Boshlang‘ich ta’lim;
- Psixologiya;
- Iqtisodiyot;
- Moliya.
“Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kamida 3 yillik amaliy ish staji (pedagogik staj) hamda ishlab turgan soha tashkilotlaridan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar suhbat asosida sirtqi bo‘limga qabul qilinadilar.
Qabul uchun kerakli hujjatlar:
- fuqarolik pasporti yoki ichki ishlar bo‘limlari tomonidan berilgan 09-shakl;
- pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
- umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
- rasm – 3,5×4,5 sm. (rasmga tushgan muddati 3 oydan oshmagan bo‘lishi lozim);
- xorijiy til sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).
Xorijiy til sertifikati talablari:
- ingliz tili – milliy sertifikat (CEFR B2) yoki xalqaro imtihon tizimlari (International English Language Testing System (IELTS 5,5);
- nemis tili – milliy sertifikat (CEFR B2) yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
- fransuz tili – milliy sertifikat (CEFR B2) yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.
Ingliz, nemis va fransuz tillarini bilish darajasi bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tili fanidan bo‘lib o‘tadigan imtihondan ozod etiladilar va fan bo‘yicha to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballga ega bo‘ladilar.
2021/2022 o‘quv yili uchun Qo‘qon universitetiga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan va o‘qishni tamomlagandan so‘ng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish istagini bildirgan abituriyentlar bilan uch tomonlama shartnoma asosida 30 nafar talabgorga davlat granti ajratiladi.
Universitetga 2021/2022 o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan farzandlari orasidan tanlov asosida universitet granti bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.
Qo‘qon olimpiadasida ishtirok etib, investitsion vaucherni qo‘lga kiritgan abituriyentlar tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Qo‘qon universitetiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz universitet granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Shuningdek, Respublika (1-o‘rin) va xalqaro (1-3-o‘rinlar) fan olimpiadalari g‘oliblari bo‘lgan umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz universitet granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Test sinovlari avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.
ECs kredit-modul tizimi bo‘yicha tegishli kreditni to‘plagan universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Universitet faoliyati va qabul jarayoni bilan bog‘liq qo‘shimcha savollaringizga quyidagi rasmiy sahifalarimiz orqali to‘liq ma’lumotlar olishingiz mumkin.
Rasmiy veb-sayt: kokanduni.uz
Telefonlar: +99873 545-55-55, +99873 545-44-44
Telegram: t.me/kokanduni
Instagram: @kokanduniversity_official
Facebook: fb.com/kokanduniversity
Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy.
Reklama huquqi asosida