Antaliyaning hashamatli mehmonxonalari foydali «Barchasi kiritilgan» konsepsiyalari bilan o‘ziga tortadi. Asialuxe Travel siz uchun maxsus uchish, transfer, yashash, ovqatlanish va sug‘urtani o‘z ichiga oluvchi 8 mln so‘mdan boshlanadigan turistik to‘plamlarni taklif qiladi.
Antaliya – bu har bir sayohatchiga to‘g‘ri keladigan ideal va universal tanlovdir.
Antaliya oilaviy dam olish uchun
O‘z plyajlariga ega hashamatli mehmonxonalar kaleydoskopi deyarli har bir sayyohni o‘ziga tortadi. Axir Antaliyadagi mehmonxonalar hamma narsa mavjud bo‘lgan xavfsiz shaharni eslatadi: shopingdan boshlab ajoyib suratlarni olish mumkin bo‘lgan joylargacha.
Agar siz yoshi kattalar va bolalardan iborat katta oila bilan dam olayotgan bo‘lsangiz, unda Antaliya – ideal tanlov bo‘ladi. Bolalar uchun bu yerda o‘yin-kulgi uchun barcha qulayliklar bor: bolalar maydonchalari, basseynlar, qiyaliklar va hatto yuqori malakali xodimlar kuzatuvi ostida bo‘ladigan rivojlantiruvchi o‘yinlar. Bu vaqtda kattalar SPAda hordiq chiqarishlari, plyaj yonida sayr qilishlari yoki shunchaki quyosh nurlari ostida kitob mutolaa qilishlari mumkin.
Sevimli «Barchasi kiritilgan» konsepsiya ham mavjud. Qayerda ovqatlanish va to‘lovlar haqida o‘ylanishning umuman keragi yo‘q. Kun va tunning istalgan vaqtida narxlar haqida o‘ylamasdan mazali taomlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin, axir barcha taomlar cheklovlarsiz yo‘llanma narxiga kiritilgan.
Antaliya do‘stlar bilan
Do‘stlar bilan katta jamoa bo‘lib yig‘ilib, o‘yin-kulgi va sarguzashtlar sari yo‘l olishdan yana nima yaxshiroq bo‘lishi mumkin?
Antaliya do‘stlar bilan – bu hayot musiqa, raqs va hatto ekstrim bilan o‘tadigan unutilmas dam olishdir. Ko‘plab bar, restoran, klub va diskotekalar bilan bir qatorda, bu yerda butun dunyoga taniqli bo‘lgan ko‘plab ekstremal qiyaliklarga ega «Akvalend» akvaparki ham bor. Shuningdek, tanlangan mehmonxonaga qarab, bu yerda mashhur dunyo yulduzlarini uchratish va hatto aynan siz to‘xtagan mehmonxonaga tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan artistlar konsertlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Tarixni yaxshi ko‘ruvchilar uchun
Antaliya – bu faqatgina mehmonxonalar, «Barchasi kiritilgan» va plyaj deb kim aytdi. Antaliya – bu eng chiroyli arxitektura va antik madaniyatning qadimgi yodgorliklariga ega hayratlanarli shahardir.
Antaliya shahrining eski qismini Kaleichi deyishadi, bu yer sayr qilish uchun ajoyib joy. Kaleichi arxitekturasi ko‘p narsalarda qadimgi ko‘rinishni saqlab qolgan — jilvali uy va masjidlar, yoqimli hovlilar va toshlar yotqizilgan ingichka ko‘chalar. Kaleichida erta tongda yoki kechga yaqin ko‘plab sayyohlar shahardan ketayotgan vaqtda sayr qilgan yoqimliroq.
Antaliyaning taniqli sharsharalari haqida gapirmay bo‘ladimi! Dyuden sharsharasi - ustki va pastki darajalardan iborat bo‘lgan mahalliy diqqatga sazovor joy. Pastki Dyuden hayratlanarli suratlarni olish mumkin bo‘lgan juda qiziqarli peyzajni yuzaga keltirgan holda dengizga tushadi.
Shopingni yaxshi ko‘ruvchilar uchun
Brend va foydali xarid ishqibozlari uchun bu yerda katta tanlov mavjud. Xaridsiz ketishning umuman iloji yo‘q. Antaliyaning savdo markazlari sizni ko‘plab sevimli markalar bilan hayron qoldiradi: mass-marketlardan boshlab premium darajadagi lyuks brendlargacha.
Zargarlik buyumlari ishqibozlari esa o‘z shaxsiy jannatlarini topishadi. Antaliyada taqinchoq, uzuk va bilaguzuklarning keng tanlovi bor. Bozorlarda zargarlik buyumlarini xarid qilayotganingizda ehtiyot bo‘ling hamda biron shubha paydo bo‘lsa, taqinchoq litsenziyasini talab qiling va albatta savdolashishni ham unutmang.
Agar siz allaqachon Antaliyada bo‘lsangiz, sizga Turkiyaning eng mazali va sevimli esdalik sovg‘asi kerak. Yeryong‘oq holvasi, qulupnay qo‘shilgan sharbat, anjirli jyem, yong‘oqli raxat-lukum, bodomli pasta, grek yong‘og‘i qo‘shilgan anjir murabbosi - yana nima mazaliroq bo‘lishi mumkin!
Turistik to‘plamlar-chi?
Agar siz Antaliyaga borishni o‘ylab qo‘ygan bo‘lsangiz, eslatib o‘tamiz, Asialuxe Travel turoperatori Uzbekistan Airways bilan birga butun yil davomida Toshkent-Antaliya-Toshkent yo‘nalishidagi muntazam charter reyslarni tashkillashtirmoqda! Iyul oyida «Barchasi kiritilgan» konsepsiyaga ega turistik to‘plamlarning narxi ikki kishili xonada yashash sharti bilan bir kishi uchun 8 mln so‘mdan boshlanadi. Narxga Toshkent-Antaliya-Toshkent yo‘nalishida uchish, transfer, ikki kishili xonada yashash, «Barchasi kiritilgan» tizimi bo‘yicha ovqatlanish va sug‘urta kiradi. Rad qilib bo‘lmaydigan taklif!
Narxlar va turistik to‘plamlar bilan doimo www.asialuxe.uz saytida tanishishingiz mumkin. Asialuxe Travel turoperatorining turistik to‘plamlari va aviachiptalarini O‘zbekistonning barcha turistik agentliklaridan xarid qilishingiz mumkin. Antaliyaga turistik to‘plamlarni xarid qilish mumkin bo‘lgan va tavsiya qilinadigan turistik agentliklar:
1. Navigator Tour: +99890 9995224
2. Yamir Tour: +99890 9850500
3. De Tour: +99899 8389010
4. Maxx Royal Travel: +99899 3808008
5. Dream Voyager Travels: +99891 1911198
6. Avia Travel Tour: +99897 4801314
7. Asian Tour Plus: +99890 1886676
Asialuxe Travel – bu innovatsion yondashuv, foydalanishdagi oddiylik va maksimal darajadagi qulaylikdir.
Qaynoq liniya: +99871 2017777
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Said Baraka ko‘chasi, 24.
Telegram: t.me/asialuxe
Telegram'dagi qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
Telegram'dagi qaynoq turlar o‘zbek tilida: t.me/asialuxe_qaynoqtur
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Sayt: asialuxe.uz
Reklama huquqi asosida