O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSh davlat kotibi bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
Vashingtonda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Davlat departamenti xabar berdi.

Foto: Flickr/statephotos
Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvda Blinken mintaqaviy barqarorlik va Afg‘onistondagi tinchlik masalasiga to‘xtalib o‘tdi. U AQShning Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligi va barqarorligini ta'minlashga sodiqligini tasdiqladi.
Entoni Blinken va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov payshanba kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat hamda ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi.


«AQSh va O‘zbekiston mintaqaviy xavfsizlik sohasida, ayniqsa Afg‘oniston bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy umumiy manfaatlarga ega, - dedi Blinken. - O‘zbekiston mintaqa davlatlarini iqtisodiyot va infratuzilma sohasida bir-biriga yaqinlashtirishda yetakchi hisoblanadi, biz buni ham muhokama qilamiz, shuningdek ikki tomonlama masalalar ko‘rib chiqiladi».
Komilov, o‘z navbatida, Vashingtonda O‘zbekiston delegatsiyasi «keng kun tartibiga» ega ekanligini ta'kidladi. «Biz munosabatlarimizning holati va kelajagi to‘g‘risida fikr almashamiz. Markaziy Osiyoda xavfsizlikka jiddiy e'tibor qaratamiz, - dedi u. - Dunyoda va mintaqada ko‘p narsa o‘zgardi. Albatta, biz Afg‘onistondagi vaziyat to‘g‘risida ham gaplashib olamiz».
Bundan tashqari, AQSh vakili Markaziy Osiyoning beshta davlati - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan hamkorlik mavzusiga to‘xtalgan.
Qo‘shma Shtatlar diplomatik idorasi rahbari O‘zbekistonga «Afg‘onistonda adolatli va barqaror tinchlik o‘rnatish uchun doimiy qo‘llab-quvvatlashi uchun» minnatdorlik bildirdi, shuningdek, Toshkentning Kobul bilan «yaqin siyosiy va iqtisodiy o‘zaro aloqalar»ga intilishini olqishladi.

Mavzuga oid

18:10 / 21.03.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 200 tonna insonparvarlik yordami yubordi

13:53 / 21.03.2025
O‘zbekiston va Fransiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi

12:59 / 21.03.2025
O‘zbekiston va AQSh Afg‘oniston muammosi bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi

21:24 / 19.03.2025