Koronavirus: Kunlik holatlar soni 500ga yaqin, yana 4 bemor vafot etdi

O‘zbekiston 10:30 / 01.07.2021 21486

«2021 yil 30 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111153 (+476) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 20 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 20 nafari Andijon viloyatida,
  • 25 nafari Buxoro viloyatida,
  • 41 nafari Jizzax viloyatida,
  • 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 7 nafari Navoiy viloyatida,
  • 43 nafari Namangan viloyatida,
  • 72 nafari Samarqand viloyatida,
  • 18 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 32 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 28 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 49 nafari Toshkent viloyatida,
  • 101 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar,
  • Buxoro viloyatida 9 nafar,
  • Jizzax viloyatida 36 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,
  • Namangan viloyatida 10 nafar,
  • Samarqand viloyatida 92 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 27 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 22 nafar,
  • Xorazm viloyatida 11 nafar,
  • Toshkent viloyatida 41 nafar,
  • Toshkent shahrida 367 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 107696 (+633) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 740 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2717 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: