Samarqandda profilaktika inspektorini urib, tan jarohati yetkazgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jamiyat 13:16 / 30.06.2021 2283

Samarqand viloyati Narpay tumanida profilaktika inspektoriga tan jarohati yetkazgan fuqarolarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 8 iyun kuni soat 01:00 lar atrofida Narpay tumani Charxin mahallasida, yo‘l chetida to‘xtab turgan Nexia-2 mashinasi tuman IIB profilaktika inspektori O‘.Burkiyevda shubha uyg‘otgan. U mashina oldiga borib, uning ichida bo‘lgan ikki nafar fuqarodan o‘zini tanishtirishini hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini so‘ragan.

Fuqarolar profilaktika inspektoriga qo‘pol muomalada bo‘lib, uning qonuniy talablarini bajarmasdan, urib tan jarohati yetkazgan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 23 iyun kuni ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: