Samarqand viloyati Toyloq tumanida 29 yoshli ayolni shahvoniy maqsadlarda Tailandga yubormoqchi bo‘lganlar ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 25 iyun kuni Samarqand viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi va Toyloq tumani IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi xodimlari tomonidan odam savdosiga qarshi kurash doirasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda 35 yoshli ayol 29 yoshli ayolni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun Tailand davlatiga yubormoqchi bo‘lib, undan 1500 AQSh dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida ushlangan. Undan pullar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.