Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari o‘tirgan «Gazel» ag‘darilib ketdi. 13 kishi jarohat olgan

Jamiyat 12:34 / 30.06.2021 8041

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari o‘tirgan «Gazel» ag‘darilib ketdi. 13 kishi jarohat olgan

Bugun, 30 iyun kuni taxminan soat 07:15larda «Moskva-Volgograd» federal avtomobil yo‘lining 923-kilometrida magistralida «Gazel» transport vositasi ag‘darilib ketdi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Volgograd oblasti bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi zovurga tushib ketgan.

Salonda 14 nafar yo‘lovchi bo‘lgan - barchasi O‘zbekiston fuqarolari. Yo‘l-transport hodisasi natijasida 13 kishi turli darajada tan jarohati olgani aytiladi.

Yo‘l-patrul xizmati ekipajlari voqea joyiga yetib kelgan, shuningdek, Volgograd oblasti yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va viloyat Migratsiya boshqarmasi rahbariyati voqea sodir bo‘lgan joyga jo‘nab ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi, hodisaning barcha holatlari aniqlanishi bildirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: