Qachonki yangi kir yuvish mashinasini xarid qilish ehtiyoji tug‘ilganda izlash jarayoni bir necha haftagacha cho‘zilishi mumkin, axir uning turlari ko‘p, barchasining narxi va tasnifi o‘zgacha, har bir modelning o‘z afzalligi va kamchiligi mavjud. Siz uchun tanlov va xarid jarayonini yengillashtirish maqsadida biz kir yuvish mashinasini sotib olayotganda e'tibor berish zarur bo‘lgan asosiy jihatlarni to‘plashga harakat qildik.
Shunday bo‘ldiki, bugungi kunda kir yuvish mashinasining eng mashhur turi – bu gorizontal yuklanishli avtomatdir. Bunday modellarning asosiy afzalligi shundaki, ularni mebelning ichiga qo‘yish va stol tagiga o‘rnatish mumkin. Shuning uchun bunday kir mashinasini xarid qila turib, siz mashina eshiklari ochilganda o‘tayotgan insonga xalaqit bermasligi uchun avval mos keladigan joy haqida o‘ylab ko‘ring.
Tanlash mezonlariga o‘tayotganda birinchi bo‘lib ahamiyat berish lozim bo‘lgan narsa – maksimal yuklanishdir. Qanday baraban bilan kir mashinasini sotib olish yaxshiligini tezroq tushunish uchun esa oila a'zolari sonini sanashdan boshlashni tavsiya qilamiz.
Masalan, 3–4 kg maksimal yuklanishli modellar uchtagacha a'zolari bor oilaga mos keladi. Agar baraban 4–6 kgga mo‘ljallangan bo‘lsa, bunday model 4 va undan ortiq kishidan iborat oilalarga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Yuklanadigan kirlarning maksimal og‘irligini aniqlaydigan asosiy tanlov mezonlaridan biri – chuqurlikdir. Sizlarga mo‘ljalni to‘g‘ri olishda yordamlashish uchun biz turli chuqurlikdagi to‘rt xil variantni tanlab oldik:
1. Agarda sizning yuvinish xonangiz yoki faqat xoller uchun mo‘ljallangan yerda bo‘sh joy ko‘p bo‘lmasa, 8,5 kg maksimal yuklamali va 47 santimetrli chuqurlikdagi LG AI DD kir yuvish mashinasiga e'tibor qaratishingizni maslahat beramiz.
2. Agarda siz katta ko‘rpalar, choyshablar, yostiqlarni yuvishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, 8,5 kg sizga kam tuyulayotgan bo‘lsa, 10,5 kg maksimal yuklamali va 56 santimetr chuqurlikdagi sun'iy intellektli LG AI DD kir mashinasini tanlang.
3. Agar sizda faqatgina kir yuvish mashinasi uchun yetarligina joy bo‘lsa va hattoki, metall quritkichga ham joy topilmas, sizni 2tasi 1da yechimiga ega – 56 santimetr chuqurlik, kirlarni yuvish uchun 9 kg va quritish uchun 5 kg maksimal yuklanmali quritish funksiyasiga ega LG'ning kir yuvish mashinasiga e'tibor qaratishingizni so‘raymiz.
Kir yuvib bo‘lgach, mos keluvchi rejimni tanlang: standart quritish, ehtiyotkor yoki dazmollash uchun yengil quritishni tanlab, qurigan kiyimlarni shkafga taxlab qo‘yavering.
4. Agarda sizlarda yanada haybatliroq texnikani o‘rnatishga bo‘sh yer bo‘lsa, shu bilan birga tez-tez bolalar kiyimlarini yuvsangiz yoki kundalik liboslar bilan nozik matolardan tikilgan narsalarni aralashtirib yuvishni istamasangiz, ikkita yuklanma va quritish funksiyali LG TwinWash™ kir yuvish mashinasini tavsiya qilamiz. TwinWash™ da maksimal yuklanish – asosiy barabanda 12 kg, pastki barabanda 2 kg va quritish rejimida 8 kg.
Asosiy barabanda ko‘rpa-to‘shaklar yoki liboslarning asosiy hajmi yuvilib tursa, mini-barabanda nozik matoli yoki ichki kiyimlarni yuvish mumkin. Natijada, odatiy ikki sikldagi kir yuvish jarayoni bir vaqtda tezda amalga oshadi.
Navbatdagi e'tiborga olish zarur jihat – yuvish sifati bo‘lib, u faqat kir yuvish kukuni yoki konditsioner, shuningdek, qo‘llanilayotgan texnologiyalarga ham bog‘liq emas. Bugungi kunda eng samarali texnologiya – yoqimsiz hidlar, allergenlar, bakteriya va mikroblarni yo‘q qiluvchi, shuningdek, yuvilgandan so‘ng g‘ijimliklar sonini kamaytiruvchi bug‘li yuvishdir. Bu kabi texnologiyali modellar ko‘proq yosh bolali yoki allergiyadan aziyat chekuvchi insonlar yashaydigan oilalarga mos keladi. Agarda bunday kategoriyadagi modellarni ko‘zdan kechiradigan bo‘lsangiz, LG AI DD seriyasiga diqqat qaratishingizni so‘raymiz. Bunda Steam+™ texnologiyasi 99,9 foizgacha maishiy allergenlarni bartaraf qiladi va 30 foizgacha g‘ijimliklar sonini qisqartiradi.
So‘zimiz yakunida, o‘rnatilgan motorga bog‘liq bo‘luvchi ikkita muhim holat – shovqin darajasi va energiya samaradorlikka albatta, e'tibor qaratishni so‘raymiz. Boshqacha so‘z bilan aytganda, kir yuvish mashinasida qanday motor o‘rnatilganiga qarab, elektr energiyasi uchun har oylik to‘lov qiymatini va mashina shovqini uchun qo‘shnilar shikoyatidan qochish mumkinligini aniqlasa bo‘ladi. Eng shovqinsiz, kamharj va uzoq muddatgacha chidamli variantlar bugungi kunda – to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydash tizimiga ega invertor motorlardir. Bunday turdagi dvigatelga ega modellarda kirlarni yuvish va siqish vaqtida shovqin darajasi 55 va 70 dB dan oshmaydi. Misol uchun, invertor motorli LG kir yuvish mashinalarini tanlayotganda siz energiya iste'molini qisqartiruvchi hamda shovqin va tebranishsiz ishlaydigan motor uchun 10 yillik kafolatni qo‘lga kiritasiz.
Umid qilamizki, mazkur kichik tavsiyalar sizlarga kir mashina izlashda yordam beradi va endilikda do‘konga xarid uchun kelganingizda tanlov yanada osonroq kechadi.
Sayt: lgblog.uz
Instagram: @lguzbekistan
Reklama huquqi asosida