Samarqandda bank kreditini to‘lay olmagan shaxs baland binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi

Jamiyat 20:09 / 29.06.2021 3871

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida bank kreditini to‘lay olmagan shaxs baland binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 28 iyun kuni Oqdaryo tumani «Turon» MFY Arpa qishlog‘ida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan E.F. tumandagi «Mikrokreditbank» ATB Oqdaryo filiali oldidagi binoning yuqori qavatiga chiqib, o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan.

Jamoat tartibini saqlash maqsadida, hodisa joyiga IIB xodimlari yetib borib, fuqaro bilan tushuntirish ishlari olib borilganidan so‘ng, E.F. fikridan qaytgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, E.F. 2019 yil aprel oyida olgan kreditining 2021 yilning may-iyun oyi uchun to‘lovini amalga oshirmagan. Shundan so‘ng, uning uyiga sudning qarzni undirish bo‘yicha chiqqan qaroriga asosan, majburiy ijro bo‘limi xodimlari borishgan. Bundan norozi bo‘lgan E.F. bank oldidagi binoning tepasiga chiqib, o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: