Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda TikTok bloklandi
Pokistonlik yuristlar guruhi TikTok sababli jinoyatchilik va giyohvandlik moddalari iste'moli oshib borayotgani sababli ilovani taqiqlashni so‘rab, mamlakat oliy sudiga murojaat qilgan.

Sind viloyati yuqori sudi axloqsiz kontentlar va islom diniga hurmatsizlik mavjudligi bois TikTok ilovasini taqiqladi.
The News gazetasining yozishicha, bu oxirgi ikki yil davomidagi uchinchi taqiq bo‘lib, u 8 iyulgacha amal qiladi. Shu kuni Pokiston telekommunikatsiyalar boshqarmasi va TikTok javobgar sifatida Sind viloyati sudida qatnashadi.
Pokistonlik yuristlar guruhi TikTok sababli jinoyatchilik va giyohvandlik moddalari iste'moli oshib borayotgani sababli ilovani taqiqlashni so‘rab, mamlakat oliy sudiga murojaat qilgan.
Pokistonda TikTok o‘tgan yil oktyabrida taqiqlangan, ammo kompaniya akkauntlarni mahalliy qonunlarga muvofiq holda moderatsiya qilishga va'da berganidan so‘ng taqiq bekor qilingandi.
Qisqa videoroliklar yaratish va tomosha qilish uchun mo‘ljallangan TikTok servisi Xitoyning ByteDance kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Pokistonda WhatsApp va Facebook’dan keyin eng ko‘p yuklab olingan ilova hisoblanadi.
Mavzuga oid

14:16 / 21.07.2025
O‘zbekiston Pokistondagi neft va gaz konlarini qidirishga jalb etilishi mumkin

11:49 / 21.07.2025
Pokistonda og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

18:41 / 18.07.2025
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir-yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi

12:30 / 18.07.2025