O‘zbekiston – Turkiya biznes-forumida 25ta hujjat imzolandi

Iqtisodiyot 20:29 / 29.06.2021 9044

Turkiya hukumati delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston – Turkiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

ITSV ma'lumotlariga ko‘ra, forum doirasida turk kompaniyalari bilan kelgusida birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun energetika, turizm, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, kimyo sanoati va boshqa qator yo‘nalishlardagi istiqbolli loyihalar taqdim qilingan.

Forum yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 679 million dollarga teng bo‘lgan 25ta hujjat, jumladan, umumiy qiymati 514,7 million dollarga teng bo‘lgan 10ta investitsiya loyihasi hamda 165,2 million dollarlik 15ta savdo shartnomaci imzolangan.

Avvalroq, Turkiya vitse-prezidentining Toshkentga tashrifi yakunlari bo‘yicha 58ta banddan iborat bo‘lgan Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgani ma'lum qilingandi. Fuat O‘qtoy Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning joriy yil oxirigacha Toshkentga tashrifi rejalashtirilganini ta'kidlab o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: