Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 24 iyun kuni G‘ijduvon tumanida yashovchi 16 yoshli yigit Sho‘rko‘l suv omboriga cho‘milishga borib, suvga cho‘kib ketgan. O‘smirning jasadi bir kundan keyin topilgan.
Qayd etilishicha, o‘smir yigitni kanalning chuqurligi 3-4 metr bo‘lgan qismida suv to‘lqini oqizib ketgan. Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.