Buxoro davlat universitetining Pedagogika institutiga direktor tayinlangan. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2021 yil 29 iyundagi buyrug‘i bilan Mirzohid Islomovich Daminov Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlangan.
M.Daminov 1996 yilda Buxoro davlat universitetini, 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Pedagogika fanlari nomzodi.
Qayd etilishicha, M.Daminov mazkur tayinlovgacha Buxoro davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.