Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Emlanishning himoyasi kasallik o‘tkazgandan keyingi himoyadan yaxshiroq» - Zangiotadagi shifoxona direktori
Bugun butun dunyoda koronavirus infeksiyasini yengish va pandemiyani to‘xtatish uchun barcha chora-tadbirlar ishga solinmoqda, shu bilan birgalikda kasallikka qarshi emlash u bilan kurashishning eng samarali usuli ekani tobora oydinlashib bormoqda.

Xo‘sh, COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlash pandemiyani to‘xtatishga qodirmi? Aslida koronavirusga qarshi vaksinatsiya nima uchun kerak? Nega bugun emlash tadbirlariga bu qadar jiddiy e'tibor berilmoqda?
SSV matbuot xizmati shu va shu kabi savollar bilan Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanovga murojaat qildi.
— Mutaxassis sifatida ayting-chi, dunyo tajribasiga ko‘ra, vaksinatsiya jarayonlari kasallikning oldini olishda qanday samara bermoqda?
— Ma'lumki, bugun COVID-19 infeksiyasi odamlarni qo‘rquv va tahlikada ushlab turgan jiddiy kasalliklardan biriga aylandi. Afsuski, o‘tgan bir yildan ortiq vaqt davomida kasallik qanchadan qancha insonlar yostig‘ini quritdi.
Aytish lozimki, shunday og‘ir va murakkab sharoitda bu xastalikka qarshi samarali kurashish uchun bir nechta vaksinalar yaratilib, ayrim mamlakatlarda ushbu vosita yordamida pandemiyani jilovlashga erishilmoqda.
Misol uchun, hozirgi paytda Isroilda COVID-19 bilan kasallanish holatlari bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida eng past ko‘rsatkich qayd etilmoqda. Ushbu yurt aholisining 53 foizi koronavirusga qarshi to‘liq 2 dozada emlanishi shifoxonalarda COVID-19'ni davolashga mo‘ljallangan bo‘limlarning butunlay yopilishiga sabab bo‘ldi.
Hindistonda esa aksincha emlash bilan bog‘liq tadbirlar sust ketayotgani sababli epidemik vaziyat qaltis bo‘lib turibdi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda ushbu mamlakatda kuniga 50-100 mingdan ortiq inson koronavirusni yuqtirib olmoqda. Shu bilan birga, bunday murakkab vaziyat virusning yangi mutatsiyalari paydo bo‘lishiga ham sabab bo‘layotir. Shunday bo‘lsa-da, vaksina yer yuzi aholisi o‘rtasida virusning barcha mutatsiyaga uchragan turlariga qarshi tura oladi.
— Nima yaxshi: emlanishmi yoki kasallikni boshdan o‘tkazish?
— Shuni ayta olamanki, emlanishning himoyasi kasallik o‘tkazgandan keyingi himoyadan yaxshiroqdir. Chunki emlashda neytrallovchi antitanachalarning miqdori kasallik o‘tkazgandan keyin shakllanadigan antitanachalar miqdoridan ancha yuqori bo‘ladi. Shu bilan birga, vaksina olmagan insonlarda kasallikning og‘ir kechishi va o‘lim holati kuzatilishidan tashqari, ularni kasallikning asoratlari qiynaydi, bunday insonlarda uzoq muddatli nafas olish, yurak qon-tomir tizimi hamda bosh miyaning shikastlanishi davom etishi mumkin.
Ma'lumki, bugun xalqimiz salomatligini asrash, ularni bu kasallikdan himoya qilish maqsadida yurtdoshlarimiz bepul emlanmoqda. Bu ham bo‘lsa, insonparvarlikning chinakam ifodasidir.
Biroq yaratib berilgan mana shunday imkoniyatdan foydalanmaslik, nafaqat o‘zimiz, balki yaqinlarimiz salomatligini ham jiddiy xavf ostiga qo‘yadi. Afsuski, emlanishga ana shunday bepisand munosabatda bo‘lgan va bugun shifoxonamizning reanimatsiya bo‘limida havo yetishmasligi va nafas qisishidan qattiq azob chekayotgan bemorlarning holatini ko‘rib, ochig‘i, yuragim eziladi. O‘rni kelganda, hatto, ularga biz shifokorlar ham yordam bera olmayotganimizdan qiynalaman. Zero, pandemiyani faqat vaksinatsiya bilangina to‘xtata olamiz.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amur oblastida yo‘qolgan samolyot qoldiqlari topildi
Jahon | 12:40
-
AQSh Kiyevga 322 mln dollarlik harbiy yordamni sotishni ma’qulladi
Jahon | 12:21
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash agentliklari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha namoyishlar davom etmoqda
Jahon | 12:15
-
Tailand va Kambodja chegarasida qurolli to‘qnashuv bo‘lmoqda
Jahon | 12:05
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025