O‘zsanoatqurilishbank banklararo tizimda xalqaro to‘lovlarning harakatini uzluksiz kuzatish imkonini beruvchi SWIFT global paymens innovation (gpi) tizimiga kirish imkoniyatini taqdim etdi.
Ta'kidlash kerakki, O‘zsanoatqurilishbank mijozlar tomonidan xalqaro tranzaksiyalarning barcha ko‘rinishlarini o‘tkazish bo‘yicha ishonchli bank sifatida e'tirof etiladi. Ayniqsa, bugungi tez o‘zgaruvchan xalqaro kon'yunktura, kuchli raqobat sharoitida tadbirkorlar uchun tashqi kontragentlar bilan hisob-kitoblarning shaffof va tezkorligining ahamiyati tobora ortmoqda.
Aynan mazkur jihatni hisobga olib O‘zsanoatqurilishbank “Bank-mijoz” dasturidan foydalanuvchi mijozlariga bank-korrespondentlarning ma'lumotini ham taqdim etgan holda o‘z mablag‘ining ayni paytdagi harakatini kuzatib borish imkoniyatini yaratdi.
Endilikda Bank mijozlari to‘lovning harakatini to‘liq ko‘rib turadi. Xususan, tadbirkorlar mablag‘ning bank tomonidan qayta ishlanishidan tortib to‘lov marshrutining tuzilishigacha, korrespondent-banklar zanjiri orqali o‘tib to so‘nggi qabul qiluvchining hisobiga tushishigacha bo‘lgan jarayonlarni kuzatishi mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun Bank tomonidan mijozlarga to‘lov uchun unikal kod (Tracking Number) taqdim etiladi. Mazkur kod o‘tkazmaning yakuniy manziliga qadar o‘zgarmaydi.
Shu tariqa mijozlar mablag‘ning qaysi bank-korrespondentlar orqali o‘tgani hamda qabul qiluvchi bank hisobiga kelib tushgani haqidagi ma'lumotlarni bilib boradilar.
Ma'lumot uchun: Bugungi kunda 4200 dan ortiq moliya institutlari SWIFT gpi xizmatini joriy etgan. Bu esa banklar va ularning mijozlariga qator afzalliklarni taqdim etadi. O‘zsanoatqurilishbank O‘zbekistonda SWIFT gpi tizimini joriy etgan ilk tijorat bankiga aylandi.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun:
Tel: 712004343
Veb-sayt: sqb.uz
Reklama huquqi asosida