Koronavirusning dastlabki varianti to‘g‘risidagi ma'lumot o‘chirib tashlangan - Bloomberg

Jahon 16:26 / 24.06.2021 7616

2019 yilda Xitoyning Uhan shahrida tarqala boshlagan koronavirusning dastlabki varianti genetik kodi to‘g‘risidagi ma'lumot Amerika ma'lumotlar bazasidan olib tashlangan. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. 

Ushbu ma'lumot AQSh sog‘liqni saqlash milliy universitetiga 2020 yilda Xitoy hukumati tomonidan berilgandi. 

Ammo oradan uch oy o‘tgach, xitoylik tadqiqotchilar bu ma'lumotlarni qaytarib so‘rab olgan. Bu genetik ketma-ketlik to‘g‘risidagi ma'lumot yangilangani bilan izohlangan. Natijada SARS-CoV-2 to‘g‘risidagi dastlabki ma'lumotlar Amerika bazalaridan olib tashlangan. 

Bloomberg manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning so‘roviga asosan ma'lumotlarning o‘chirib tashlanishi koronavirusning kelib chiqishi to‘g‘risidagi muhokamalar fonida xavotir uyg‘otadi. 

Amerika hukumati koronavirus sun'iy ravishda yaratilgani to‘g‘risidagi taxminni o‘tgan yili ilgari surgandi.  

Fevralda JSST xalqaro ekspertlari guruhi Uhan shahriga borgan va koronavirusning turli shakllari o‘rganiladigan laboratoriyada bo‘lgandi. Bahorda JSST SARS-CoV-2 sun'iy ravishda yaratilgani ehtimolini rad etdi.  

Ko‘proq yangiliklar: