Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Botsvanada yirik o‘lchamdagi olmos topildi

Foto: Twitter/BWGovernment
Botsvanada 219,6 gramm keluvchi yirik olmos topildi. Bu butun tarix davomida topilgan uchinchi raqamli eng yirik olmos hisoblanadi. Botsvana hukumatida ta'kidlanishicha, olmos iyun boshida aniqlangan, biroq u endigina ommaga taqdim qilindi.
Qimmatbaho toshning o‘lchami 1098,3 karatni (219,6 gramm) tashkil qiladi. U mamlakat shimolidagi Jvaneng konida hukumatga tegishli Debswana kompaniyasi va olmos qazib olish bilan shug‘ullanuvchi dunyodagi eng katta kompaniya De Beers tomonidan topilgan.
Ta'kidlanishicha, olmosni sotishdan olinadigan daromad mamlakatni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Avvalroq ham Bostvanada 1109 karatlik olmos topilgan edi. Lesedi La Rona deb nomlangan ushbu olmos 53 mln dollarga sotilgan.
Biroq eng yirik olmoslar reytingida birinchi o‘rinni hamon 3106 karatlik afsonaviy «Kullinan» egallab kelmoqda. Qimmatbaho tosh JARda 1905 yilda topilgan va keyinchalik bo‘laklarga parchalangan. «Kullinan»ning ba'zi qismlari Britaniya qirollik oilasi tojini bezab turadi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

16:51 / 04.04.2025
Rossiya tarixidagi eng katta olmos - «Yangi Quyosh» sayqallandi

18:30 / 26.12.2024
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi

16:58 / 11.11.2024
Dunyoda brilliantlar narxi arzonlashmoqda

10:50 / 21.10.2024