Tinchliksevar mamlakatlar reytingida O‘zbekiston 90-o‘rindan joy oldi
Tahlilchilarning fikricha, O‘zbekiston o‘rtacha darajadagi tinchliksevar mamlakatlar guruhiga kiradi.

Foto: bookatour.me
O‘zbekiston Iqtisodiyot va tinchlik instituti (Institute for Economics & Peace, IEP) e'lon qilgan tinchliksevar mamlakatlar reytingida 90-o‘rindan joy oldi.
Tahlilchilarning fikricha, O‘zbekiston o‘rtacha darajadagi tinchliksevar mamlakatlar guruhiga kiradi. Qozog‘iston (67-o‘rin), Qirg‘iziston (76-o‘rin), Tojikiston (97-o‘rin), Turkmaniston (109-o‘rin), Ozarboyjon (121-o‘rin) ham ushbu guruhda joylashgan.
Shimoliy Koreya, Venesuela, Sudan, Rossiya, Markaziy Afrika Respublikasi, Liviya, Kongo, Iroq, Somali eng tajovuzkor mamlakatlar guruhiga joylashtirildi. 163 mamlakat o‘rin olgan ro‘yxatni Suriya, Yaman va Afg‘oniston yakunlaydi.
Islandiya eng tinchliksevar mamlakat deb topildi. Yuqori o‘nlikka shuningdek, Yangi Zelandiya, Daniya, Portugaliya, Sloveniya, Avstriya, Shveytsariya, Irlandiya, Chexiya, Kanada kirdi.
Reytingda jamiyatning hamjihatligi, inson huquqlariga rioya qilinishi, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, qamoqdagi mahbuslar soni, terrorchilik tahdidi darajasi, mudofaa xarajatlari va boshqa mamlakatlardagi jangovar harakatlarda qatnashishi kabi omillar hisobga olingan.
Mavzuga oid

12:13 / 28.02.2025
Tramp: Ukrainada tinchlik «tez orada o‘rnatiladi» yoki u «hech qachon» bo‘lmaydi

15:25 / 06.12.2024
WSJ: Ukraina tinchlikka tayyorligini e’lon qilishni rejalashtirmoqda

09:09 / 17.05.2023
Fon der Lyayyen Yevropani “tinchlik formulasini” qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

07:09 / 19.12.2022