Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uhanlik olima koronavirus laboratoriyadan tashqariga chiqib ketganini inkor etdi

Foto: AP
Uhan virusologiya institutining yetakchi olimasi Shi Chjenli AQShda pandemiyaga olib kelgan koronavirus infeksiyasi manbasi institut laboratoriyasi bo‘lgani haqida tarqatilayotgan gaplarni inkor etdi.
Chjenli The New York Times nashriga bergan intervyusida virus institutdan tashqariga chiqib ketganining hech qanday isboti yo‘qligini aytgan.
«Jin ursin, biror narsaning isboti yo‘q bo‘lsa, qanday qilib bu dalilni keltira olish mumkin?» deb aytgan olima o‘z intervyusida.
U «dunyo beayb olimlar ustidan bo‘hton yog‘diriladigan bunday darajaga qanday kelib qolganini bilmasligini» aytgan.
Xitoylik olima avvalroq The Wall Street Journal nashrida koronavirus bilan kasallanishning ilk holatlari qayd qilinishidan bir oy oldin institutning 3 xodimi birdaniga COVID-19ga o‘xshash alomatlar bilan tibbiy yordam so‘ragani haqida tarqalgan xabarlarni rad etgan.
«Uhan virusologiya instituti bunday hodisalarga duch kelmagan. Agar iloji bo‘lsa, biz tekshira olishimiz uchun o‘sha 3 xodimning ismlarini ayta olmaysizmi?» deb qo‘shimcha qilgan Shi Chjenli.
Avvalroq The New York Times AQSh ma'muriyatidagi yuqori lavozimli amaldorlarga tayanib, AQSh razvedkasida koronavirus manbasi bilan bog‘liq hali o‘rganilmagan ma'lumotlar borligini ma'lum qilgan. Razvedka virus Uhandagi laboratoriyadan chiqib ketgani yoki hayvonlardan odamlarga yuqqanini tekshirish uchun superkompyuterdan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Bunday ma'lumotlar ortida AQSh prezidenti Jo Bayden razvedka xizmatlariga Xitoyga e'tibor qaratgan holda virus manbasini topishdagi sa'y-harakatlarni 2 karra kuchaytirish va natijalar haqida 90 kun ichida hisobot berishni buyurgan.
Bu orada Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan koronavirus kelib chiqishini aniqlash doirasida AQSh ham JSST mutaxassislariga o‘z obektlariga kirishni ta'minlashi kerakligini aytgan.
JSST mutaxassislari Uhan virusologiya institutiga tashrifdan keyin institut laboratoriyasidan viruslarning tashqariga chiqib ketishi ehtimoli «juda ozligi» haqidagi xulosaga kelgan. Biroq Britaniya va AQSh bunga shubha bildirib, Xitoy ataylab ekspertlarga virus haqidagi ma'lumotlar va uning namunalarini taqdim qilmaganini aytgan.
O‘z navbatida, JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus 11–14 iyun kunlari Britaniyada o‘tgan G7 sammitida koronavirus laboratoriyada yaratilgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilib bo‘lmasligini aytgan. U, shuningdek, Xitoyni koronavirus kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan tergovning dastlabki bosqichida yetarlicha ochiq-oydin bo‘lmaganlikda ayblagan.
Shi Chjenli 2020 yil dekabr boshida koronavirusning yangi turlari tarqalishi mumkinligidan ogohlantirgan ilk xitoylik olimlardan biri sanaladi. Uning ta'kidlashicha, Xitoy janubida yashovchi ko‘rshapalaklar koronavirusning odamga yuqishi mumkin bo‘lgan yangi turlari tashuvchisi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025