5435-navbat. Toshkent shahri hokimligi qanday qilib Cobalt’ni bir kunda, navbatsiz sotib oldi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimiyati Cobalt rusumli avtomobilni navbatsiz, bir kunda xarid qilgani haqida xabar tarqaldi.
«O‘zavtosanoat» botidan olingan skrinshotda Toshkent shahar hokimiyati tomonidan narxi 116 mln 495 ming so‘mlik Cobalt avtomashinasiga berilgan buyurtma aks etgan. Suratda buyurtma 15 iyun kuni 5 ming 435 o‘rinda berilgani va mashina o‘sha kunning o‘zida tayyor bo‘lgani ko‘rinadi.
Shu sababli tarmoq foydalanuvchilari navbatda turgan 5 ming 435 nafar aholi nega kutishi-yu, hokimlik mashinani navbatsiz va bir kunning o‘zida olishi borasida e'tiroz bildirishmoqda.
Kun.uz muxbiri mazkur holat yuzasidan izoh olish maqsadida «O‘zavtosanoat»AJ bilan bog‘landi. Kompaniya manbasi bu masala bo‘yicha alohida munosabat bildirilishini, hozirda o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma'lum qildi.
Xo‘sh, minglab odamlar buyurtmasi tayyor bo‘lishini kutayotganda davlat tashkiloti navbatsiz xarid qilishga haqlimi? Kun.uz kompaniyadan mazkur savolga javob kutadi.
Mavzuga oid

17:44 / 06.03.2025
Toshkent shahri hokimligi bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi

16:44 / 12.01.2025
Toshkentda Cobalt yonib ketdi

16:31 / 10.01.2025