Xalq ta'limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

O‘zbekiston 12:52 / 15.06.2021 8539

Prezident qaroriga muvofiq Vahobjon Rajabov O‘zbekiston xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda XTV xabar berdi.

Vahobjon Rajabov shu kunga qadar Farg‘ona viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori lavozimida ishlab kelgan. 

Shu bilan birga, V.Rajabov Namangan viloyati xalq ta'limi tizimida turli boshqaruv lavozimlarida faoliyat olib borgan. Jumladan, davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, Namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Tashxis markazi rahbari, Namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

“Uning Namangan viloyati boshqarma boshlig‘i lavozimidagi faoliyati davrida viloyat maktablari bitiruvchilarining oliy ta'limga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha hududlar orasida 4 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, 1971 yilda Namangan viloyati, Pop tumanida tavallud topgan Vahobjon Rajabov Namangan davlat universitetida tarix-huquq fani o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. U “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Ko‘proq yangiliklar: