Toshkent viloyatidagi tuman va shaharlar chegarasi o‘zgartirilmoqda

O‘zbekiston 12:52 / 15.06.2021 19414

Qayd etilganidek, Toshkent viloyati ma'muriy-hududiy birliklar chegaralarini tartibga solish anklav hududlarni tugatish hamda mahalliy davlat hokimliklari organlari tomonidan hudud boshqaruvini yanada soddalashtirishga olib keladi.

Shuningdek, Toshkent viloyati shaharlari va tumanlari chegarasidagi muammoli masalalarni yechish, aholi turmush darajasi sifatini oshirish, ijtimoiy infratuzilmalar hamda yo‘l xo‘jaligini tubdan yaxshilash imkonini beradi.

Toshkent viloyatining ma'muriy-hududiy birliklari chegaralari quyidagicha o‘zgartirilmoqda: 

  • Bo‘ka tumanidan 8,2 gektar Oqqo‘rg‘on tumani tarkibiga; 
  • Angren shahridan 143,6 gektar, O‘rta Chirchiq tumanidan 3278,9 gektar maydon Ohangaron tumaniga;
  • Ohangaron tumanidan 2931,8 gektar maydon Angren shahri tarkibiga;
  • Angren shahridan 1094,0 gektar, Bo‘stonliq tumanidan 312,2 gektar yer maydoni Parkent tumaniga;
  • Parkent tumanidan 493,3 gektar yer maydoni Bo‘stonliq tumaniga;
  • Bekobod tumanidan 588,6 gektar Bekobod shahri tarkibiga;
  • Bo‘stonliq tumanidan 256,7 gektar Chirchiq shahri tarkibiga;
  • Zangiota tumanidan 8,9 gektar yer maydoni Yangiyo‘l tumaniga;
  • Yangiyo‘l tumanidan 286,9 gektar yer maydoni Zangiota tumani tarkibiga va 388,0 gektar yer maydoni Yangiyo‘l shahri tarkibiga;
  • Yuqori Chirchiq tumanidan 60,1 gektar Qibray tumani tarkibiga;
  • Qibray tumanidan 1884,9 gektar maydon Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga, 62,0 gektar yer maydoni Bo‘stonliq tumani tarkibiga, 1584,0 gektar yer maydoni Chirchiq shahri tarkibiga; 
  • Piskent tumanidan 286,75 gektar yer maydoni Bo‘ka tumani tarkibiga, 3564,6 gektar maydon Olmaliq shahri tarkibiga, Olmaliq shahridan 102,5 gektar yer maydoni Piskent tumaniga;
  • Ohangaron tumanidan 23,1 gektar yer maydoni Olmaliq shahri tarkibiga o‘tkazilmoqda.
Ko‘proq yangiliklar: