Orol dengizining qurigan tubidagi 3 kunlik «Ralli Mo‘ynoq» qanday o‘tadi?

O‘zbekiston 11:30 / 15.06.2021 1980

Oldinroq 18-20 iyun kunlari Mo‘ynoq tumanida «Ralli Mo‘ynoq – 2021» avtomobil sport musobaqalari bo‘lib o‘tishi haqida ma'lumot bergandik. Musobaqaga bosh sovrin sifatida prezident sovg‘asi – 2 dona «Nexia» mashinasi qo‘yilgan.

Poygalar boshlanishidan bir necha kun oldin musobaqa dasturi e'lon qilindi. 
Unga ko‘ra, 

  • Birinchi kun, 17 iyun soat 10:00dan 17:00gacha - ishtirokchilarni ro‘yxatga olish, sport avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish. Soat 17:30dan 18:30gacha - musobaqa ishtirokchilari va hakamlar hay'ati bilan umumiy yig‘ilish.
  • Ikkinchi kun, 18 iyun soat 8:00dan 9:00gacha - sport avtomobillarini texnik va ekipaj a'zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. Soat 10:00dan – avtopoyga musobaqasining tantanali ochilishi. Soat 10:30 – birinchi ekipaj starti. Soat 18:00 – so‘nggi ekipaj finishi (regrupping), ishtirokchilar Orol dengizining hozirgi qirg‘oqlarida tunashga qoladi («Oqtumsiq»). Soat 20:30 – dastlabki natijalarning e'lon qilinishi;
  • Uchinchi kun, 19 iyun soat 8:00dan 9:00gacha – sport avtomobillarini texnik va ekipaj a'zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. Soat 9:30dan – birinchi ekipaj starti. Soat 14:00dan – so‘nggi ekipaj finishi. Soat 17:00 – sport musaboqasi ishtirokchilari bilan umumiy yig‘ilish. Soat 18:30 – dastlabki natijalarning e'lon qilinishi;
  • To‘rtinchi kun, 20 iyun soat 10:00da musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Musobaqalar quyidagi klasslar bo‘yicha tashkillashtirilmoqda:

  • dvigatel hajmi 1600 sm³ gacha «A-8» avtomobil klassi bo‘yicha;
  • dvigatel hajmi 2000 sm³ gacha «A-9» avtomobil klassi bo‘yicha;
  • dvigatel hajmi 2000 sm³ gacha «Baggi»;
  • dvigatel hajmi 500 sm³ gacha mototsikllar bo‘yicha.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti musobaqa tashkilotchilari etib belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: