Jahon | 23:12 / 15.06.2021
7426
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada temir yo‘l izidan chiqib ketgan yuk poyezdi uylarga borib urildi

 Meksikada 108ta vagondan iborat yuk poyezdi temir yo‘l izidan chiqib ketib, uylarga borib urildi. Natijada poyezdning 2 lokomotivi va 12 vagoni 4ta uy ustiga ag‘darilgan.

 Favqulodda vaziyat Xalisko shtatining Tala munitsipalitetida yuz bergan. Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan, 3 kishi jarohat olgan.

 Falokatga nima sabab bo‘lgani noma'lum. Mutasaddi idoralar uning tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha tergov olib boradi.

Mavzuga oid