Bugun O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi

O‘zbekiston 08:05 / 15.06.2021 3055

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 31-36 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-34 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: