Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident fuqarolik olish tartibi soddalashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonunni imzoladi.

Foto: KUN.UZ
Unga ko‘ra, endilikda 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Shuningdek, O‘zbekistonda tug‘ilgan fuqaroligi bo‘lmaganlarga fuqarolik olish uchun uzluksiz 5 yil yashash talabi bekor qilindi.
Bundan tashqari, ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekistonda yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Ma'lumot uchun, Davlat dasturida 2021 yil 1 maydan O‘zbekistonda 15 yil doimiy yashab kelgan shaxslarga fuqarolik berilishi aytilgandi. Biroq mazkur topshiriq ijrosi yuqoridagi qonunni qabul qilish kechikkani tufayli ortga surildi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 13 mart kuni imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonun bilan, 1995 yilga qadar O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon mamlakatda muqim yashayotgan shaxslarga avtomatik tarzda fuqarolik berilishi belgilanib, bu yangilik ortidan 2020 yilda 8310 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingandi.
Mavzuga oid

09:16 / 26.06.2025
Portugaliya fuqarolik olish qoidalarini qat’iylashtiryapti

21:30 / 10.06.2025
Germaniya fuqaroligini olgan rossiyaliklar soni rekord darajaga yetdi

21:33 / 09.04.2025
Germaniyada mamlakat fuqaroligini uch yil ichida olish imkoniyati bekor qilinadi

19:49 / 26.02.2025