Zambiya prezidenti harbiy parad vaqtida hushini yo‘qotdi

Jahon 20:05 / 14.06.2021 7391

Zambiya prezidenti Edgar Lungu mamlakat poytaxti Lusakada o‘tkazilgan harbiy parad vaqtida hushini yo‘qotdi. Bu haqda Zambia Watchdogs nashri xabar berdi.

«Zambiya respublikasi prezidenti zoti oliylari Edgar Chagva Lungu kutilmagan bosh aylanishini his qildi. U darhol o‘ziga keldi va hukumat avtomobilida o‘z qarorgohiga qaytdi», deyiladi hukumat xabarida.

Xabarda qayd etilishicha, u fuqarolar va xalqaro hamjamiyatga o‘zini yaxshi his qilayotganini va davlat rahbari vazifasini bajarishda davom etayotganini bildirgan.

Prezident Lungu 64 yoshda bo‘lib, u 2015 yildan buyon Zambiyaga rahbarlik qilib kelmoqda. Bunga qadar esa ichki ishlar, mudofaa va adliya vaziri vazifalarida ishlagan.

Lusakada havo harorati 23 darajani tashkil etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: