Xorazmda rahbarlar qon topshirish xayriya tadbirida ishtirok etishdi

O‘zbekiston 13:10 / 14.06.2021 879

14 iyun – butunjahon donorlar kuni munosabati bilan viloyat qon quyish markazida «Qon topshiring, dunyoda hayot davom etsin!» shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Unda rahbarlar ham ishtirok etdi. Jumladan, Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San'at Salayev, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Inoyat Hajiyev va o‘rinbosarlari beg‘araz qon topshirishdi.


 
2020 yilda Xorazm viloyatida 12 243 donor 6 277 litr qon topshirgan. Undan 2582 litr yangi muzlatilgan plazma, 2917 litr eritromassa, 289 doza kriopretsipitat, 549 doza trombokonsentrat va boshqa qon tarkibiy qismlari tayyorlangan.

Qon quyish markaziga kuniga 100 ga yaqin fuqarolar murojaat qilmoqda. Ulardan yuqumli kasalliklar qayd qilinmagan, sog‘lom fuqarolarga qon topshirishga ruxsat beriladi. Har kuni 60 ga yaqin murojaatchidan  qon olinib, qon komponentlari tayyorlanadi.

Xayriya tadbiri iyun oyining oxiriga qadar davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: