Uchtepa tumanining ayrim hududlarida issiq suv ta'minoti vaqtincha o‘chiriladi

O‘zbekiston 20:30 / 14.06.2021 999

Toshkent shahri Uchtepa tumanining ayrim hududlarida issiq suv o‘chiriladi. Bu haqda «Toshissiqquvvati» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 14 iyun kuni soat 22:00 dan 15 iyun 18:00 ga qadar Uchtepa tumanidagi 14-mavze hamda qisman 15-mavzeda joylashgan 44 ta ko‘p kvartirali uylar, 3 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti va 4 ta ma'muriy binoda issiq suv ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Qayd etilishicha, bu kabi choralar tumanning Lutfiy ko‘chasidan o‘tuvchi Di-800 millimetr magistral issiqlik tarmog‘ida 74 metr eskirgan issiqlik quvurlarini almashtirish ishlari bilan bog‘liq. Ayni damda Uchtepa tuman issiqlik ta'minoti boshqarmasi ishchi-xodimlari tomonidan ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: