U shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 16 iyun kuni Jyenevada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi haqida ham so‘z yuritdi.
Putinning Rossiya va AQSh munosabatlari yomon ahvolda ekanligi to‘g‘risidagi so‘zlarini izohlar ekan, Bayden «U haq deb o‘ylayman, munosabatlar quyi nuqtada», dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat Putinning xalqaro me'yorlarga mos harakat qilishiga bog‘liq.
«Shubha qilmayotganingizni bilaman: u bilan xavotirlarimiz to‘g‘risida ochiqchasiga gaplashaman», — dedi Bayden.
AQSh sanksiyalariga qaramasdan Rossiya prezidenti nima uchun o‘zini tutishini o‘zgartirmagani to‘g‘risidagi savolga Bayden jilmaygancha «Bu Vladimir Putin», deb javob qaytardi.