Shavkat Mirziyoyev hafta oxirida Andijonga boradi

O‘zbekiston 11:26 / 14.06.2021 17634

Prezident matbuot kotibi bu hafta davlat rahbari qatnashadigan tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun sog‘liqni saqlash sohasiga oid masalalar va takliflar (birinchi navbatda onkologiya va gematologiya yo‘nalishlariga oid) hamda Toshkent viloyatining Tatariston bilan hamkorligi yuzasidan taqdimotlar o‘tkaziladi.

“Bu haftada ham prezidentimizning kun tartibi tig‘iz bo‘ladi. 

Bugun sog‘liqni saqlash sohasiga oid masalalar va takliflar (birinchi navbatda onkologiya va gematologiya yo‘nalishlariga oid), hamda Toshkent viloyatining Tatariston bilan hamkorligi yuzasidan taqdimotlar,  ertaga oliy ta'lim sohasidagi islohotlar va joriy yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi belgilangan. 

Shuningdek, 15 iyun kuni prezidentimiz Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Al-Gergavi va 16 iyun kuni esa Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlari mo‘ljallangan. 

17-18 iyun kunlari prezidentimizning Andijon viloyatiga safari rejalashtirilmoqda”, dedi Sherzod Asadov.

Bildirilishicha, bular haqida O‘zbekiston prezidentining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida hafta davomida xabar berib boriladi.

Ko‘proq yangiliklar: