Sergelidagi badbo‘y hid yuzasidan 22 nafar mas'ulga ma'muriy ish qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston 08:05 / 14.06.2021 15658

Qayd etilishicha, Sergeli tumani hududida ba'zi paytlarda kuzatilayotgan badbo‘y hidni bartaraf qilish maqsadida “Toshkent shahar suv ta'minot” MChJ taqdim qilgan potensial xavfli korxonalar ro‘yxati bo‘yicha Bektemir va Salar oqova suv tozalash inshootlariga texnik suvlarni tashlovchi korxonalarda prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha biznes-ombudsman ruxsatiga asosan tekshiruvlar amalga oshirildi.

Uning natijalariga ko‘ra, korxona va tashkilotlarning 22 nafar mas'ullariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma'muriy ishlar qo‘zg‘atilgan.

“Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, korxonalarda lokal oqova tozalash tizimini ishga tushirish, ularni ta'mirlash va samarali ishlashini ta'minlash yuzasidan qisqa muddatda bajarilishi lozim bo‘lgan majburiy ko‘rsatmalar berildi. 

Bektemir tumanida joylashgan 9ta korxona tomonidan berilgan majburiy ko‘rsatmalar o‘z vaqtida bajarilmagani sababli davlat ekologik ekspertizasi belgilangan muddatdan oldin amal qilishini to‘xtatish va shahar kanalizatsiya tarmog‘idan uzish maqsadida Toshkent shahar iqtisodiy sudiga da'vo arizasi kiritildi”, dedi Farhod Dehqonov. 

Bildirilishicha, Salar oqova suv tozalash inshootiga ishlab chiqarish oqova suvlarini tashlovchi 18ta korxonadan 11tasida tekshirishlar amalga oshirildi. Me'yor darajasida tozalanmagan oqova tashlayotgan korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: