Prezident Toshkent viloyatining kommunal sohadagi muammolarini hal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

O‘zbekiston 23:51 / 14.06.2021 5962

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 maydagi selektorda kommunal tarmoqlarni yangilash va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘ygan edi. Shu borada mutasaddi vazirlik va hokimliklar tomonidan boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Takliflar 14 iyun kuni davlat rahbariga taqdim etildi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida 4 938 ta ko‘p qavatli uy bor. Ularga 36 ta servis kompaniyasi va 369 ta shirkat xizmat ko‘rsatadi. Shirkatlarning yarmidan ko‘pi og‘ir ahvolda. Xizmatlar o‘z vaqtida va sifatli bo‘lmagani, zamonaviy yondashuvlar joriy etilmagani oqibatida iste'molchilar norozi.

Tadbirda hududdagi shu kabi kamchiliklar tanqid qilindi. Loyihalarni qayta ko‘rib chiqish, tizimni to‘g‘ri tashkil etib, aholiga qulayliklarni oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Toshkent viloyatida Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi bilan yaqin sheriklik yo‘lga qo‘yilgan. Taqdimotda ushbu hamkorlik asosida amalga oshiriladigan iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalar haqida ma'lumot berildi, deyiladi rasmiy relizda.

Qo‘shimcha qilinishicha, taqdimotda tijorat banklari tomonidan shakllantirilgan loyihalar ham ko‘rib chiqilgan. Bu boradagi tafsilotlar ma'lum qilinmadi.

Shu kuni davlat rahbari sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalar bilan ham tanishdi.

Ko‘proq yangiliklar: