Nukusda festivaldan so‘ng ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

O‘zbekiston 09:29 / 14.06.2021 8214

10 iyun kuni Nukus shahrida o‘tkazilgan festivaldan so‘ng ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu janjalning videotasvirlari keng tarqaldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu videolar bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi. Unga ko‘ra, hozirgi vaqtda Nukus shahri Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Surishtiruv jarayonida mushtlashuvda qatnashgan har bir ishtirokchining kim ekanligi aniqlanib, ularning harakatlariga huquqiy baho beriladi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Amudaryoda ham shunga o‘xshash ommaviy mushtlashuv bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: