Dunyodagi eng katta oilaning boshlig‘i vafot etdi

Jahon 21:43 / 14.06.2021 33057

76 yoshli Chana dunyodagi eng katta oila boshlig‘i sifatida tanilgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Chananing aslida 39 rafiqasi, 94 farzandi va 33 nabirasi bo‘lgan. U o‘zidan 3 yoshga katta bo‘lgan birinchi rafiqasini 17 yoshida uchratgan. 

«Dunyodagi eng katta oila boshlig‘i bo‘lgan janob bilan yurakda dard ila vidolashmoqdaman. Baktaung Tlangnuam qishlog‘i ushbu oila evaziga Mizoramning sayyohlarni jalb qiluvchi diqqatga sazovor joyiga aylangandi. Oxirating obod bo‘lsin, ser!» deb yozgan Mizoram bosh vaziri Twitter’da.

OAVda ma'lum qilinishicha, rekordchi ota qand kasalligi va qon bosimidan aziyat chekkan. U 13 iyun kuni hayotdan ko‘z yumgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, marhumning oilasi 4 qavatli uyda yashagan. Chuuar Than Run, ya'ni «Yangi avlod uyi» deb nomlangan ushbu uyda 100 xona mavjud bo‘lib, u shtatning bosh turistik obekti hisoblanadi. Bu yerga sayyohlar ushbu noodatiy oila qanday yashashini ko‘rish uchun kelishadi.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, oila kechki ovqatning o‘zida 100 kg guruch, 60 kg kartoshka va 30taga yaqin tovuq iste'mol qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: