«Rossiya siyosiy muxoliflarni o‘ldirish bilan shug‘ullanmaydi» – Putin Navalniyga qilingan suiqasd to‘g‘risidagi savolga javob berdi

Jahon 18:52 / 14.06.2021 10311

Rossiya siyosiy muxoliflarni o‘ldirish bilan shug‘ullanmaydi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin NBC telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiya prezidenti jurnalistning korrupsiyaga qarshi kurashish fondi asoschisi Aleksey Navalniyni o‘ldirishga u buyruq berganligi to‘g‘risidagi savolga shu tarzda javob qaytardi.

«Bizda kimnidir o‘ldirish odati yo‘q», — dedi Putin.

Aleksey Navalniy o‘tgan yil 20 avgust kuni Tomsk — Moskva yo‘nalishidagi parvoz vaqtida samolyotda hushini yo‘qotgandi. O‘shanda samolyot Omskka majburiy qo‘ngan va bemor zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgandi. 22 avgust kuni esa uni koma holatida «Sharite» klinikasiga olib borishdi.

Germaniya hukumati Navalniy Rossiyada asab tizimini falaj qiluvchi, tarkibi jihatdan «Novichok» moddasiga o‘xshash jangovar modda bilan zaharlangani haqida ma'lum qildi. Germaniya qurolli kuchlari laboratoriyasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari uning organizmida zahar izlarini aniqladi, 14 sentabr kuni Shvetsiya va Fransiyadagi laboratoriyalarda ham bu ma'lumot tasdiqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: