Yevro-2020. Rossiya yirik mag‘lubiyat bilan boshladi, finnlar guruhda autsayder emas

Sport 11:17 / 13.06.2021 10630

Rossiya termasi Yevropa chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi. Belgiya o‘yinda raqib himoyachilari xatolaridan foydalanib, osonlik bilan g‘alabaga erishdi. Birinchi bo‘limda Romelu Lukaku hisobni ochdi, bo‘lim davomida Kastan o‘rniga o‘yinga qo‘shilgan Mene ikkinchi golni urdi, o‘yin yakunida Lukaku dublni rasmiylashtirib, hisobni yiriklashtirdi - 3:0.

Turnir mezbonlaridan biri hisoblangan Rossiya rekord o‘rnatdi - shu vaqtgacha turnir mezboni ochilish o‘yinida yirik hisobda mag‘lub bo‘lmagandi. Bu Stanislav Cherchesov uchun Rossiya termasi boshqaruvidagi oltinchi yirik mag‘lubiyat bo‘ldi. Avvalroq Braziliya (0:3), Urugvay (0:3), Germaniya (0:3), Serbiya (0:5) hamda Belgiya (1:4) bilan o‘yinlarda yirik hisoblarda mag‘lubiyat qayd etilgandi. Rossiya beshinchi marta Yevropa chempionatini mag‘lubiyat bilan boshlamoqda, bu ilk o‘yinda ikkinchi bor yirik hisob qayd etilishi - 13 yil muqaddam Guus Hiddink boshqaruvi davrida Ispaniyaga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lingan, ammo yakunda turnir yarimfinaliga qadar borilgandi.

Guruhning birinchi uchrashuvida, Eriksen bilan bog‘liq hodisadan keyin baribir davom ettirilgan o‘yinda guruh autsayderi sifatida ko‘rilgan Finlandiya Daniyani mag‘lub etdi. 

Birinchi bo‘limda o‘yin asosan finlandiyaliklar darvozasi oldida kechgandi, hisob ochilgunga qadar darvoza sari zarbalar soni bo‘yicha daniyaliklar 18:0 ko‘rinishida ustunlikka ega edi.

Ammo birinchi bo‘lim oxiridagi hodisadan keyin ikkinchi bo‘limga bo‘shashgan holda tushib kelgan mezbonlar 59-daqiqada Poxyanpaloning zarbasini o‘tkazib yuborishdi. Finlandiyalik hujumchi golni nishonlamadi - bu raqibga, shaxsan Eriksenga hurmat ifodasi edi.

O‘ziga kela olmagan daniyaliklar goldan keyin ham faol harakat qila olishmadi. Daniyaga Yussuf Poulsen ishlagan penalti yordam berishi mumkin edi, ammo shu kuni fenomenal o‘yin ko‘rsatgan darvozabon Gradetski Heybergning 11 metrdan bergan zarbasini qaytardi. Finlandiyaliklar g‘alabali hisobni o‘yin yakuniga qadar ushlab qolishdi.

Shu tariqa, B guruhida kutilganidek Belgiya birinchi o‘rinda, guruh autsayderi hisoblangan Finlandiya ikkinchi, Rossiyada esa uchinchi o‘rin bilan guruhdan chiqish imkoniyatlari ham keskin pasayib ketdi.

Daniya – Finlandiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 59 Poxyanpalo.
Daniya – Shmeyxel, Vass (Larsen, 75), Ker (Vestergor, 63), Kristensen, Mele, Eriksen (Yyensen, 43), Heyberg, Dileyni (Kornelius, 76), Poulsen, Vind (Olsen, 63), Breytueyt.
Finlandiya – Gradetski, Raytala (Vyaysyanen, 90), Toyvio, Arayuuri, O`Shonessi, Uronen, Lud, Sparv (Shyuller, 76), Kamara, Poxyanpalo (Forss, 84), Pukki (Kauko, 76).
Ogohlantirishlar: Lud (4), Sparv (51).

Belgiya – Rossiya 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 10 Lukaku, 2:0 – 34 Mene, 3:0 – 88 Lukaku.
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Boyata, Vertongen (Vermalen, 77), Kastan (Mene, 27), Dendonker, Tilemans, Azar, Mertens (Azar, 72), Lukaku, Karrasko (Prat, 77).
Rossiya – Shunin, Fernandes, Semenov, Jikiya, Jirkov (Karavayev, 43), Barinov (Diveyev, 46), Ozdoyev, Zobnin (Muxin, 63), Golovin, Kuzyayev (Cherishev, 29; Miranchuk, 63), Dzyuba.

A guruhida Italiya turnirning ochilish o‘yinida Turkiyani yirik hisobda mag‘lub etib (3:0), guruh yetakchisiga aylangan. Guruhning ikkinchi uchrashuvida kuchlar teng kelgan - shveysariyaliklar hujumchisi Emboloning ikkinchi bo‘lim boshida urgan goliga bo‘limning ikkinchi qismida Mur javob qaytargan.

Turkiya – Italiya 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: 0:1 – 53, Demiral (avtogol), 0:2 – 66 Immobile, 0:3 – 79 Insine.
Turkiya – Chaqir, Chelik, Demiral, Suyunchi, Merash, Yokushlu (Qahvachi), 65), Karaman (Darvisho‘g‘li, 76), Yaziji (Under, 46), To‘fon (Oyxon, 64), Chalxono‘g‘li, Yilmaz.
Italiya – Donnarumma, Florensi (Di Lorenso, 46), Bonuchchi, Kellini, Spinatssola, Barella, Jorjino, Lokatelli (Kristante, 74), Berardi (Bernardeski, 85), Immobile (Belotti, 81), Insine (Keza, 81).
Ogohlantirishlar: Suyunchi (88), Darvisho‘g‘li (90).

Uels – Shveytsariya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 49 Embolo, 1:1 – 74 Mur.
Uels – Uord, Robers, Mifem, Rodon, Devis, Allen, Beyl, Morrell, Remzi (Ampadu, 90), Jyeyms (Bruks, 75), Mur.
Shveytsariya – Zommer, Elvedi, Sher, Akandji, Mbabu, Froyler, Chaka, Rodriges, Shaqiri (Zakariya, 66), Seferovich (Gavranovich, 84), Embolo.
Ogohlantirishlar: Sher (30), Mur (47), Mbabu (63).

Ko‘proq yangiliklar: