Samarqandlik yosh chavandoz Germaniyada o‘tgan xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

Sport 11:37 / 13.06.2021 13871

O‘smirlar o‘rtasida Germaniyaning Hagen shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha 9-10 iyun kunlari o‘tgan Future Champions 2021 xalqaro musobaqasida samarqandlik hamyurtimiz Abdurahmon Abdullayev oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Mashhur Hof Kasselmann ot sporti majmuasida o‘tgan musobaqada 22 davlatdan 363 nafar yosh chavandoz ishtirok etdi. Musobaqaning birinchi kuni hamyurtimiz «Dukato» laqabli otda 140 sm balandlikdagi to‘siqlardan o‘tish dasturida eng yaxshi natijani ko‘rsatib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu sportchimiz ikkinchi kuni «Goforit» laqabli tulporda kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: