Bayden Britaniyada qirollik protokolini buzdi

Jahon 12:07 / 13.06.2021 22988

AQSh prezidenti Jo Bayden Britaniyada o‘tayotgan «Katta yettilik» sammitida qirollik protokolini buzdi. Protokol qoidalariga ko‘ra, Kornuoll grafligida o‘tgan tantanali qabulga oxirgi bo‘lib Britaniya qirollik oilasi a'zolari kelishi kerak bo‘lgan. Biroq Bayden o‘z rafiqasi bilan uchrashuvga Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’dan 5 daqiqa keyin kelgan.

AQSh prezidenti qabulga kelganda u yerda uni qirolicha, shahzodalar Charlz va Uilyam hamda ularning rafiqalari Kamilla Parker Boulz va Keyt Middlton kutib turishgan bo‘lgan.

Biroq AQSh yetakchisi tomonidan yo‘l qo‘yilgan ushbu juz'iy kamchilik qirolicha kayfiyatiga ta'sir ko‘rsatmagan. U barcha mehmonlar, jumladan, Bayden bilan xushmuomala bo‘lgan.

Ta'kidlash joiz, bu Bayden prezident lavozimiga kirishgandan keyin uning qirolicha Yelizaveta II bilan ilk uchrashuvi bo‘ldi.

Qirollik protokoliga ko‘ra, Britaniyadagi barcha tantanali va rasmiy tadbirlarga mehmonlar qirollik oilasidan oldin kelishlari kerak. Bundan tashqari, mehmonlar tadbirlarni qirollik oilasidan oldin tark etishlari belgilab qo‘yilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: