USAID’ning O‘zbekistondagi missiyasi birinchi direktori ish boshladi

O‘zbekiston 08:32 / 12.06.2021 3089

«Yangi missiyaning tashkil etilishi AQShning 2020 yilda qabul qilingan va Bayden ma'muriyati tomonidan yaqinda qo‘llab-quvvatlangan Markaziy Osiyo strategiyasining bir qismi. Men uchun USAID missiyasining O‘zbekistondagi birinchi direktori bo‘lish katta sharaf. Bu muhim vazifani mas'uliyat bilan boshlayman», deya Mikaela Meredit so‘zlarini keltirmoqda manba. 

Ma'lum qilinishicha, Mikaela Meredit rivojlanish sohasida 30 yillik tajribaga ega. U mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar 2018–2021 yillarda USAID’ning Albaniyadagi vakili va 2015–2018 yillarda Ozarboyjonda USAID missiyasining direktori bo‘lib ishlagan. Shuningdek, Yaman, Nigeriya, Kongo va Vashingtonda turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 

Ma'lumot uchun, USAID’ning O‘zbekistondagi ikki tomonlama missiyasi 2020 yil sentyabr oyida tashkil etilgan. 

Agentlik O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni yaxshilash, savdo-sotiq va xususiy sektorni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab keladi. Shu bilan birga, tashkilot respublikaga ta'lim, suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, qonun ustuvorligini, xavfsiz migratsiyani ta'minlash va odam savdosiga qarshi kurashishda ham ko‘maklashadi.

USAID’ning O‘zbekiston bilan hamkorligi 1992 yildan boshlangan. Shu paytga qadar Amerika xalqi USAID orqali O‘zbekistonning rivojlanish dasturlariga 500 mln dollardan ko‘proq mablag‘ ajratgan.

Ayni paytda USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdoni oshirish, sog‘liq uchun jiddiy tahdidlarni, shu jumladan, Covid-19ni bartaraf etish va hukumatning aholi ehtiyojlarini qondirish salohiyatini oshirish uchun hamkorlik qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: