Tojikistonda koronavirus tarqalishi avj olgani xabar qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi buni rad etdi

Jahon 15:34 / 12.06.2021 7210

«Aziya-Plyus» sayti o‘z manbalariga tayanib yozishicha, mamlakatdagi turli laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar aniqlangan.

«8 iyun kuni birgina Dushanbeda 100ga yaqin kishida koronavirus aniqlandi», – degan «Diamed» xususiy laboratoriyasi xodimi.

Yana bir xususiy laboratoriya ham koronavirus yuqtirish holatlari aniqlanayotganini tasdiqlagan.

Ammo sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi davlat laboratoriyasi yil boshidan buyon birorta ham musbat natija qayd etilmaganini bildirgan.

«Bir kunda 100 kishida koronavirus aniqlangani to‘g‘risidagi gap yolg‘on. Agar shunday bo‘lganida barcha shifoxonalar bemorlar bilan to‘lib ketardi», – degan laboratoriya vakili.

Manbalarning ma'lumot berishicha, Xo‘jand shahrida ham koronavirus yuqtirishda gumonlangan bemorlar bor, ammo shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi bu ma'lumotni rad etgan.

Tojikiston o‘tgan yili mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari qayd etilganini aprel oxirida – JSST missiyasi Tojikistonga kelishi arafasida tan olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: