Sergelida ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi

O‘zbekiston 16:27 / 12.06.2021 716

Toshkent shahrining Sergeli tumanida yoshlar festivali o‘tkazilishi munosabati bilan  bugun, 12 iyun kuni ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Sergeli tumani Mehrigiyo ko‘chasida joylashgan avtoturargoh hududida Yoshlar oyligi doirasida yoshlar festivali o‘tkazilishi munosabati bilan bugun, 12 iyun kuni soat 18.00 dan 22.00gacha Mehrigiyo ko‘chasining Jahonaro ko‘chasi kesishmasidan Mirzo Tursunzoda ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bo‘lgan qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. 

Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: