Qo‘qon shahrida Turkiy kengash turizm masalalari vazirlarining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 18:24 / 12.06.2021 1051

Qo‘qon shahrida 23-24 iyun kunlari Turkiy kengash turizm masalalari vazirlarining VI yig‘ilishi va Turizm bo‘yicha ishchi guruhning XV yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Turizm va sport vazirligi axborot xizmati malumotiga ko‘ra, Turkiy kengash turizm masalalari bo‘yicha vazirlarining 2020 yil o‘tkazilgan V yig‘ilishi yakuniy bayoniga ko‘ra, turizm masalalari vazirlarining navbatdagi VI yig‘ilishi va Turizm bo‘yicha ishchi guruhning XV yig‘ilishini 2021 yilning 23-24 iyun kunlari Qo‘qon shahrida o‘tkazishga kelishilgan.

Yig‘ilishda kengashga a'zo davlatlarda turizm sohasining pandemiyadan keyingi tiklanishi, «Tabarruk ziyorat» loyihasini amalga oshirish hamda a'zo davlatlarning yirik shaharlari o‘rtasida xalqaro aviareyslarni tiklash kabi muhim masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Tadbir doirasida tashrif ishtirokchilari Farg‘ona viloyatining hunarmandchilik, ekoturizm va gastronomik salohiyati, ziyorat turizm imkoniyatlari bilan tanishtiriladi.

Ushbu tadbir O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a'zo bo‘lganidan keyingi vazirlar darajasidagi birinchi tadbir hisoblanadi.

Avvalroq Farg‘ona tumanining Vodil qishlog‘i turizm qishloqqa aylantirilishi haqida xabar berilgan edi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: