Moskvada koronavirus tarqalishi avj olgani sababli yangi cheklovlar kiritildi

Jahon 18:22 / 12.06.2021 9763

Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus tarqalishini to‘xtatish bilan bog‘liq yangi cheklovlar kiritilishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, 13 iyundan 20 iyungacha savdo markazlari va boshqa jamoat joylaridagi bolalar o‘yingohlari ishlamaydi. Shuningdek, parklardagi attraksionlar yopiladi.

Bundan tashqari, tungi muassasalar va restoranlar faoliyati cheklanadi.

«Umumiy ovqatlanish muassasalari, tungi klublar, karaoke, bouling, diskoteka va boshqa ko‘ngilochar muassasalarning soat 23:00dan 06:00gacha ishlashi taqiqlanadi», — deyiladi hujjatda.

Moskvada oxirgi sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 6701ta holat aniqlangan bo‘lib, bu yil boshidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Shaharda koronavirus yuqtirganlar soni 1,2 milliondan oshgan, 20838 bemor vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: