MIB: Qashqadaryoda ota jazodan qo‘rqib 20,5 mln aliment to‘ladi

O‘zbekiston 17:16 / 12.06.2021 903

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida fuqaro sudda aliment to‘lamaslikning oqibatlari tushuntirilgachgina farzandlari moddiy ta'minoti uchun 20,5 mln so‘m to‘ladi. Bu haqda MIB viloyat axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 2018 yil 21 iyuldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor B.U.dan undiruvchi I.R. foydasiga 2 nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Qarzdor bir muddat aliment pullarini to‘lagan bo‘lsa-da, 2019 yilning 1 oktyabridan boshlab to‘lov qilmagan. 2021 yilning 1 iyul kuniga qadar jami 21 oy uchun 20 mln 515 ming so‘m aliment to‘lovlarini to‘lamay kelgan.

To‘plangan hujjatlar JIB Kitob tuman sudiga taqdim qilingan.
Sud jarayonida qarzdorga aliment to‘lamaslikning huquqiy oqibatlari tushuntirilgach, sud zalining o‘zidayoq mavjud qarzdorlikni bartaraf etgan.

Ko‘proq yangiliklar: