Makkada islom ulamolari «Afg‘onistonda tinchlik deklaratsiyasi»ni imzoladi

O‘zbekiston 11:53 / 12.06.2021 8872

2021 yil 10 iyun kuni Saudiya Arabistonining Makka shahri muborak Masjid ul-Haram yonida Pokiston va Afg‘onistonning yetakchi olimlari «Afg‘onistonda tinchlik deklaratsiyasi»ni imzoladi. Dunyo musulmonlari Ligasi shafeligida o‘tgan yig‘ilishda Pokistondan Islom ishlari vaziri doktor Nur al-Haq Qadri, Afg‘onistondan Haj va vaqf vaziri Shayx Muhammad Qosim Halimiylar qatnashdi. Bundan tashqari ko‘plab diniy ulamolar va islomshunos olimlar ham konferensiyada qatnashdi.

Ma'lum qilinishicha, deklaratsiyada Afg‘on urushidagi tomonlar o‘rtasida yarashuvni qo‘llab-quvvatlash va siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan. Shuningdek, diniy ulamolar nizolashayotgan tomonlarni anglashilmovchiliklarni muzokaralar stolida hal etishga chaqirishdi.

Tadbirda qatnashgan Islom olami uyushmasi Bosh kotibi, Musulmon ulamolari uyushmasi raisi, shayx doktor Muhammad bin Abdulkarim Al-Iso ilk bor Afg‘oniston va Pokiston olimlari Makkada yig‘ilib, kelishuvga erishganini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: