JCh-2022 saralashi. O‘zbekiston Yaman ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

Sport 01:05 / 12.06.2021 18194

JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichi 9-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Yamanga qarshi maydonga tushdi.

Saudiya Arabistonida o‘tgan bahsni hujumkor boshlagan vakillarimiz 19-daqiqada Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning ishlagan penaltisidan keyin hisobni ochish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 11 metrlik jarima zarbasini Jaloliddin Masharipov golga aylantirdi – 0:1.

Ikkinchi bo‘limda ham ehtiyotkor to‘p surish bilan birga vaziyatlar yaratgan Vadim Abramov shogirdlari 81-daqiqada yana bir marta penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Vagiz Galiulinga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan keyin belgilangan 11 metrlik jarima zarbasidan Odil Ahmedov foydalana olmadi.

Yakunda minimal g‘alabani saqlab qolgan O‘zbekiston milliy jamoasi ochkolari sonini 15taga yetkazib, 2-o‘rinda qoldi. Yaman esa 5 ochko bilan so‘nggi 5-pog‘onada bormoqda. 

So‘nggi 10-tur doirasida Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston uchrashuvidan keyin guruh g‘olibi ma'lum bo‘ladi. Bahs 15 iyun kuni o‘tkaziladi.

JCh-2022 saralashi. 9-tur

Yaman – O‘zbekiston – 0:1
Gol: Jaloliddin Masharipov 19 (pen.)
Hakam: Muhammad Abdulla (BAA)
O‘zbekiston: 12.Sanjar Quvvatov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Odil Hamrobekov, 8.Ikrom Aliboyev (6.Abror Ismoilov, 61), 9.Odil Ahmedov, 10.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeyev, 90), 15.Umar Eshmurodov (5.Rustam Ashurmatov, 46), 19.Sanjar Qodirqulov (18.Vagiz Galiulin, 75), 23.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (13.Oleg Zoteyev, 90).
Yaman: 22.Muhammad Xayruloh, 4.Mudir Al Radai, 5.A'lo Mahdi, 6.Jihod Ahmad, 8.Jalol Al Jalol, 10.Muhsin Muhammad Hasan, 13.Ahmad Abdulvohid, 16.Nosir Al Gahvashi, 17.Mufad Jamol, 19.Muhammad Ali Bakshan, 20.Emad Mansur Tavfiq (12.Ahmad Mohir, 70).
Ogohlantirishlar: 13.Ahmad Abdulvohid 18, 19. Muhammad Ali Bakshan 64 - 8.Ikrom Aliboyev 45, 14.Eldor Shomurodov 77.
Amalga oshirilmagan penalti: Odil Ahmedov, 81.

Ko‘proq yangiliklar: