Germaniyada Telegram 55 mln yevro jarimaga tortilishi mumkin

Jahon 17:32 / 12.06.2021 4535

Germaniya hukumati Telegram kompaniyasiga 55 mln yevro miqdorida jarima solishi mumkin. Bu haqda Der Spiegel jurnali xabar berdi.

Mamlakat adliya vazirligi messenjerdan jinoiy kontentlarni zudlik bilan o‘chirib tashlash va surishtiruvlar uchun zarur bo‘lgan foydalanuvchilar ma'lumotlarining taqdim etilishini istamoqda.

Federal adliya boshqarmasi ushbu mavzu bo‘yicha tinglovlar o‘tkazilishini so‘rab Dubayga maktublar yo‘llagan.

Germaniya qonunchiligiga ko‘ra, Facebook, YouTube va Twitter har qanday noqonuniy yoki zararli kontentni o‘chirishga majbur, ammo bu talab Telegram’ga nisbatan hozircha tatbiq etilmagan, deb yozadi Der Spiegel.

Nashrning ma'lumot berishicha, Germaniya ichki ishlar vazirligi uzoq vaqt davomida messenjerni «muammoli kanal» deb tasniflagan.

«Aftidan, ularga nemis yoki Yevropa qonunlari hech qanday ahamiyatga ega emas», — degan vazirlik mansabdorlaridan biri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Telegram hamkorlikka rozi bo‘lmasa, u Germaniyada bloklanadi.

Ko‘proq yangiliklar: